Barcha kurslar

Arxitektura va interyer dizayn kursi

Arxitektura va interyer dizayn kurslari

Mazkur kurslarimiz malakali ustozlarimiz tomonidan olib boriladi va har biri 10 oy davom etadi. Darslar haftada 3 marta 80 daqiqadan tashkil etiladi.

Arxitektura va interyer kurslarimiz o'z ichiga 3ds Max, AutoCAD va Corona render kurslari ham qo'shib o'tiladi. Kurs yakunida tinglovchilar kurs davomida o'zlarining amaliy loyihalarini to'liq topshirgandan so'ng, maxsus litsenziyalangan sertifikat bilan taqdirlanadilar.

 
O'qishga yozilish uchun:
t.me/grandtalim_bot
yoki
+998 95 513-00-13

Arab tili

“Grand ta’lim” nodavlat ta’lim muassasasi yurtimizda Arab tilini fundamental o’rgatish bo’yicha birinchi raqamli o’quv markazidir. Markaz 15 yil mоbaynida arab tilini o’qitish bo’yicha katta malakaga ega bo’ldi. Muassasada arab tilini o’qitish bo’yicha dunyoning yirik til markazlari amaliy tajribalari, dars berish uslublari, innovasiyon loyihalari izchillik bilan o’rganib, tatbiq etilmoqda. Jumladan, markazda Misr Arab Respublikasidan kelgan malakali  mutaхassislar markaz o’qituvchilari bilan birgalikda fan dasturlari, o’quv rеjalari va o’quv qo’llanmalarini takоmillashtirishda, hamda malaka оshirish darslarini tashkil qilishda hamkоrlik qilmоqdalar. Markazda arab tilini o’qitishda muassasa o’qituvchilari tоmоnidan tuzilgan o’quv qo’llanmalaridan fоydalaniladi. Muassasa o’qituvchilari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti va xorijning nufuzli universitetlarini tamomlaganlar va barchalari CEFR sertifikatlariga ega. Ular doimo yangi pedagogik texnologiyalar, ta'lim berishning ilg’or uslublari borasida xorijiy va maxalliy mutaxassislar tomonidan malaka oshirish kurslari muntazam ish olib bormoqdalar.

Rus tili

Ta’lim muassasamiz tomonidan taklif etilayotgan rus tili kurslari yozma va og‘zaki nutq qoidalarini o‘zlatirishingizga yordam beradi. Ushbu kurslar uch bosqichdan iborat bo‘lib, ular: -Boshlang‘ich; - O‘rta; - Yuqori bosqichlardir. O‘quv kursi davomiyligi 6-9 oy davom etadi.

Курс Русского Языка

Давайте изучать русский язык вместе!
  • Элементарный уровень
  • Базовый уровень
  • Продвинутый уровень
  • Разговорный русский язык
  • Специально для Вас!

 

Web dasturlash

Dasturlash kurslari
Web dasturlash, iOS/Android va boshqa turli qurilmalarga dasturlar tuzish kurslariga taklif etamiz!

 

Bilag'on bolajon

Maktabgacha ta’lim darslari Pre-school classes «Grand Ta’lim bolajon» dasturi 2018-yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Dastur 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning aqliy salohiyatlari-intellektlarini rivojlantirishga, zehni, xotirasi va dunyoqarashini shakllantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan ingliz va arab tillaridan boshlang‘ich alifboni ta’lim berish dasturini ham o'z ichiga oladi. Shuningdek bolajonlarimizning tillarini ravon qilish maqsadida Nazarbek, Qoratosh, Olmazor va Zangiota filiallarimizda logopedik kurslar ham mavjud.

Maktabga biz bilan tayyorlaning!
Farzandingizga ta'lim va tarbiyani ishonchli qo'llarga topshiring!

Ingliz tili

Ingliz tilini boshlang'ich Beginner darajasidan boshlab to eng yuqori Advanced darajasigacha 
turli o'qish tezligida o'rganishingiz mumkin. Shuningdek biz Sizlarga IELTS va CEFR 
imtixonlari uchun maxsus kurslarimizni ham taklif etamiz!

Learn english with us!

  • Beginner to Elementary
  • Pre Intermediate to Upper Intermediate
  • Advanced
  • IELTS 7+
  • CEFR from B2 to C1
  • Special English for You!

 

3ds Max va AutoCAD

"Grand Ta'lim"da arxitektura va interyer dizayni, AutoCAD va 3ds MAX dasturlari kurslari faoliyat olib bormoqda


Ushbu kurslarda ayni damda dunyodagi eng talabgir kasblardan biri - arxitektura va interyer dizayn haqida tushuncha berish, oʼqitish va bilim darajalarini oshirish maqsadida yurtdoshlarimizni oʼquv kurslarimizga oʼqishga taklif etadi.

 

-Аrxitektura sohasiga oid jahon tajribalari asosidagi mashgʼulotlar;

-Interyer dizayn haqida jahon tajribasi asosida mukammal darslar rejasi; 

-Eng zamonaviy oʼquv dasturlari bilan jihozlangan kompyuter xonalari;

-Professional arxitektor - rassomlardan mahorat darslari.

 

Oʼqish yakunida sinov imtihonlar oʼtkazilib, bitiruvchilarga tegishli tartibdagi sertifikatlar taqdim etiladi.  

Manzilimiz: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Qoratosh koʼchasi, 2a- uy.

Tel: (+998-78) 122-22-27, (+998-95) 513-00-13

Moʼljal: Qoratosh, “Korzinka” supermarketi, 3- qavat.

Logoped yakka mashg'ulotlari

Grand Talim NTMdan logoped yakka mashg'ulotlari xizmati

 

 

Psixologik trening va konsultatsiyalar

Psixologiya yoʼnalishi quyidagi xizmatlarni Sizlarga taqdim etadi:

  • yakka tartibda psixologik konsultatsiyalarlar;
  • 2 soatlik psixologik treninglar;
  • 3 haftalik (12 soat) psixologik treninglar;
  • 1 oylik (24 soat) psixologik treninglar.

Psixologik taʼlim turining maqsadi mijozlarni (tinglovchilar, ota-onalar, pedagogik jamoani) psixologik jihatdan qoʼllab-quvvatlash, mijozlarning faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʼyicha rivojlanishida psixologik va psixosamatik salomatligida uchraydigan ogʼishlarning oldini olish va bartaraf etishga yordam berish, oʼzligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik qoʼllab-quvvatlashdan (psixodiagnostik faoliyat, soʼrovnoma, maslaxat berish orqali) iborat.

Psixologik taʼlim turining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • psixologlarning tasdiqlangan dasturda belgilangan vazifalarni bajarish;
  • jamoada sogʼlom psixologik muhitni yaratishga koʼmaklashishi;
  • jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli xatti-harakatlarni korrektsiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
  • muassasaga keladigan mijoz tinglovchilar taʼlim va tarbiyasi, ular xulqidagi moyilliklar, shaxsning oilaga va jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy va emotsional muammolari boʼyicha pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlariga aniq tavsiyalar berish, ular bilan psixologik trening, suhbat, maslahatlar tashkil etish;
  • ijtimoiy muammolari, xulqida salbiy taʼsirlarga moyilligi mavjud tinglovchilarni psixologik kuzatib borish, ularning xulq-atvor motivlarini oʼrganish, korrektsiyalash, tadbirlar tashkil etish va amalga oshirish;
  • axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internetning salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʼtkazish va psixologik tavsiyalar berish;
  • tinglovchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuzatish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va psixologik-pedagogik tashxis qilish orqali ularning taʼlim-tarbiya jarayoniga, ijtimoiy-kasbiy muhitga samarali moslashuviga yordam berish;
  • isteʼdodli va iqtidorli oʼquvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʼrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun psixologik faoliyat yuritish;
  • ilgʼor xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik-pedagogik tashxis tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish;
  • psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni taʼlim jarayoni hamda psixologik amaliyotga tatbiq etish.
  • Psixologik yoʼnalishdagi taʼlim turining asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:
  • psixologik maʼrifat va tashviqot;
  • psixologik-pedagogik tashxis;
  • psixologik korrektsiya;
  • psixologik maslahat;
  • fan va kasbga yoʼnaltirish.

“GRAND TA`LIM OLAM” NTMda psixologik yoʼnalishdagi taʼlim turi boʼyicha tashkil etiladigan seminar-trening mavzulari:

  • Аrt terapiya (rasm terapiya, foto terapiya, ertak terapiya (bolalar uchun), neyrografiya, maska terapiya)
  • “Liderlik sifatini shakllantir”
  • “Kasb tanlash mahorati”
  • “Kirishuvchanlik qobiliyatini rivojlatir”
  • “Ichki menimni angash”
  • “Onalar maktabi”
  • “Onalikka psixologik tayyorlash”
  • “Ibratli kelinchak”
  • Individual maslaxat
Ramazonda Arab tili

GRAND TA'LIMdan Ramazon tuhfasi

Ikki oy davomida arab tilida o‘qishni o‘rganing!

GRAND TA'LIM “Ramazon dasturi” loyihasi bilan arab alifbosida o‘qish va yozishni kafolatli tarzda o‘rgatishga qaror qildik. 

Kurslar Mohi Ramazondan bir oy oldin boshlanib, ikki oy davomida haftada uch kun 80 daqiqadan bo‘lib o‘tadi. 

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, vaqtdan unumli foydalaning. O'rganish qo'limdan kelmaydi deb o'ylasangiz bir harakat qilib ko'ring, agar harakatga yarasha natija bo'lmasa, pulingizni qaytarish imkoni ham bor.

Mashg‘ulotlar GRAND TA'LIMning barcha filiallarida tashkil etiladi. Darslarni malakali arab tili ustozlari olib boradilar. 

Arab adabiy tili

Arab tili kursimiz quyidagi bosqichlarda taklif etiladi:

  • Bоshlang’ich kurs. Bu kursda tinglоvchi Arab harflarining o’qilishi, yozilishi va talaffuzi bo’yicha sabоq оladilar. Shuningdеk, klassik arab tilining fоnеtik qоidalari bo’yicha mashg’ulоtlar оlib bоriladi. Malakali ustоzlar yordamida arab tilidagi nоzik tоvushlarni to’g’ri talaffuz qilishda yordam bеradilar. Kurs 76 sоat bo’lib 3-4 oyga mo’ljallangan.  
  • Birinchi bоsqich. Bu kursda tinglоvchilar sоdda matnlarni o’qish, lug’at yordamida  tarjima qilish, matn bo’yicha savоllarga javоb bеrish, matnnda yoritilgan vоqеalarni gapirib bеrish imkоniyatlariga ega bo’ladilar. Kurs 140 sоat bo’lib, 6-7 оylarga mo’ljallangan.
  • Ikkinchi bоsqich. Bu kursda tinglоvchilar o’rgatilgan grammatik kоmpеtеnsiyalar yordamida mavzu dоirasidagi matnlarni o’qib-tushunish, tarjima qilish, gapirib bеrish, tushunganlarini erkin yoza оlish salоhiyatiga  ega bo’ladilar. Kurs 240 sоat bo’lib, 10-11 оylarga mo’ljallangan.
  • Uchinchi bоsqich. Bu kursda tinglоvchilar arabcha matnni harakatsiz o’qiy оlish, tarjima qilish, gapirib bеrish, erkin mavzuda kichik inshо yozish, rasmiy хat yozish ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Kurs 240 sоat bo’lib, 10-11 оyga  mo’ljallangan.
  • To’rtinchi bоsqich. Bu kurs ham 24 sоatga mo’ljallangan bo’lib, unda tinglоvchi harakatsiz arabcha matnlarni o’qishi, gapirib bеrishi, ariza, хat va inshо yoza оlishi, o’zbеk tilidan arab tiliga va arab tilidan o’zbеk tiliga yozma va оg’zaki tarjima qilish, hamda adabiy tildagi kinоfilьm va mulьtfilьmlarni tushunish imkоniyatiga ega bo’ladi. Bu kursda хоrijiy mutaхassislar tоmоnidan оg’zaki nutqini rivоjlantirish mashg’ulоtlari оlib bоriladi. Kursni muvaffaqiyatli nihоyalagan tinglоvchilarga sеrtifikatlar tоpshiriladi.
Xorijlik mutaxassislar bilan arab tili

Bu kursda Siz arab tilida erkin yozish, erkin gapirish va erkin tushunish bo‘yicha xorijlik mutaxassislar tomonidan olib boriladigan maxsus kurslarga taklif qilamiz. Bu kurslar Misrlik arab ustozlari yordamida amalga oshiriladi. Xorijiy mutaxassislarimiz Misrning nufuzli universitetlarida arab tili va adabiyoti fanidan dars berganlar. Shuningdek, Misrning “al-Fajr”, “an-Nil” va boshqa “Ushbu tilda so‘zlashmaydiganlar uchun arab tilini o‘qitish” markazlarida dars beradilar.

Yakka tartibda

Yakka tartibda

Ushbu maxsus kurs ­– arab tili harflarining ko’rinishi, yozilishi va o’qilishidan tortib, tinglash, suhbatlashish va grammatik qoidalarni o'zlashtirishgacha bo’lgan kursni qamrab olgan. Bunda Sizning bir o’zingizga yakka tartibda malakali o'qituvchi mashg’ulot olib boradi. Talab va taklifdan kelib chiqqan holda CEFR imtihonlariga tayyorlov, arab tilida erkin so'zlashish bo’yicha ham saboq olishingiz  mumkin.

CEFRga tayyorgarlik

CEFRga tayyorgarlik
  Chet tilini bilishi darajasini aniqlash test  (CEFR) sinovlarida qatnashish va muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha mashg‘ulotlar milliy va xorijiy mutaxassislar yordamida olib boriladi. Bu kursga arab tilini 3-4 bosqich darajasini egallagan tinglovchilar qabul qilinadi. B1, B2 va C1 darajalarini egallash uchun mashg‘ulotlar olib boriladi. Darslar leksik va grammatik kompetentsiyalar, tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratiladi. Mashg‘ulotlar markaz o‘qituvchilari va xorijiy mutaxassislar tomonidan olib boriladi.  Kursning umumiy hajmi 72 soatni tashkil etil etib, 3 oyga mo‘ljallangan.

Арабский язык для русскоговорящих

Арабский язык для русскоговорящих

General English

GENERAL ENGLISH COURSES
General English courses offered at all levels of the Intensive English program aim to improve the English language skills of learners in a wide variety of discourse settings.

Students develop communicative competence in a social and work environment through interactive activities that simulate real life situations.

Language skills include: listening, developing fluency, speech understanding, reading, grammar, writing, and vocabulary development.

English for Kids

"English for Kids" - bolalar uchun ingliz tili kurslarimiz 7-12yoshgacha bo'lgan maktab yoshidagi bolalar uchun mo'ljallangan bo'lib, Way Ahead, Got it va Solutions o'quv qo'llanmalaridan foydalangan xolda Foundation ya'ni ingliz tili asoslaridan boshlab to Elementary darajasigacha darslar o'qitiladi. Guruhda bolalar soni 8-12tagacha bo'lib, ustozlarimiz bolajonlarga qiziqarli usulda darslarni tashkil etadilar.

IELTS ga tayyorgalik

IELTS - imtihoniga tayyorgarlik kurslarimiz barcha filiallarimizda malakali ustozlar tomonida Sizning ingliz tilida tinglash, so'zlashish, o'qish va yozish ko'nikmalaringizni oshirib, xalqaro imtihondan yuqori ko'rsatkichga ega bo'lishingizda yordam beradilar. Darslarimiz barcha shart-sharoitlar, audio-video qurilmalar bilan jihozlangan xonalarda bo'lib o'tadi. 

IELTS kurslarimiz pre-intermediate va intermediate darajadagi o'quvchilarni, IELTS darajalarini o'rtacha 6-8 oyda 4.5 balldan 6.5-7 ballgacha ko'tarib olishlariga ko'maklashadi.

Arab + Ingliz tili

GRAND TA'LIM янги чегирма таклиф этади

     Муҳаммад Амин Қодирхонов: "Ассалому алайкум. Ёшим 16да. Тўрт ойдан бери араб ва инглиз тили курсларида ўқийман. Машғулотлар жуда қизиқарли ва фойдали бўлмоқда".

  Сиз ҳам Муҳаммад Амин каби бир вақтда араб  ва инглиз тили гуруҳларида ўқишни ҳамда ойлик тўловларда 15%гача чегирмага эга бўлишни истайсизми? 

    Ундай бўлса марҳамат, GRAND TA'LIMга  келинг ва тил ўрганишда астойдил бўлинг!

Xattotlik

GRAND TA'LIM  Xattotlik  kursi
   
     Muassasaning bir nechta filialida xattotlik kursi tinglovchilarining ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Guruh rahbari  xattot Hayitboy Hakimovning aytishicha, bu yerda   xattotlikning o‘ziga xos sir-asrorlari ta’lim berib kelinmoqda va u uch bosqichda o‘rgatiladi:

- Birinchi bosqich- an’anaviy, klassik xattotlik. Unda bambuk qalamlari yordamida harflarni to‘g‘ri yozish, geometrik hisoblar malakasi rivojlantiriladi. 
- Ikkinchi bosqichda, tinglovchilar ustozlaridan o‘rgangan bilimlari va  o‘z iqtidorlarini ishga solib ranglar yordamida ham kompozitsiya tuzishlari va xattotlik ishlarini bajarish o‘rgatiladi. 
- Uchinchi bosqichda esa xattotlikka bevosita bog‘liq va uyg‘un soha- milliy naqqoshlik asoslari ta’lim beriladi.

Turk tili

Turk tili: Aholisi 86 milliondan ortiq Turkiya xalqi o‘tmishi va madaniyati bilan bizga yaqin qardosh xalqdir. Shuningdek, turk tili turkiy tillar ichida eng keng tarqalganidir. Tarixan yaqin bo‘lgan xalq so‘zlashayotgan tilda ravon gaplashish ham ilm, ham tijorat ham sayohat ahli uchun koni foydadir. Grand Ta'lim bilan Turk tili asoslaridan boshlab, xalqaro TÖMER turk tilini bilish darajasini baholab beruvchi imtihonga ham tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin. Ta'lim muassamizda turk tili kurslari onlayn va oflayn tarzda tashkil etilgan bo'lib, o'zingizga qulay filialimizga kelib yoki internet orqali dunyoning istagan chekasidan turgan xolda turk tilini tajribali ustozlardan o'rganishingiz mumkin.

Mahorat maktabi

Eʼlon!

Siz azizlarga «Hilol Nashr» tahririyati hamda «GRAND Taʼlim» o‘quv maskani qoshida tarjima va tahrir sohasiga oid «Mahorat maktabi» ochilganini eʼlon (https://t.me/HilolNashr/16311) qilgan edik.

«Mahorat maktabi»da siz o‘zbek tili mutaxassislari, mohir muharrirlar, yetarli tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va tarjimonlarning nazariy va amaliy bilimlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Navbatdagi mahorat kurslarimiz Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchisi, o‘nlab kitoblar muallifi, filologiya fanlari doktori Bahodir Karim ishtirokida bo‘ladi. 10 ta umumiy darslardan iborat bo‘lgan silsilaviy kurslarimiz haftada bir kun, besh hafta mobaynida davom etadi. Kursni bitirganlarga maxsus sertfikat beriladi.

Jami kurs uchun to‘lov miqdori: 750 000 so‘m.

Birinchi darsimiz 23.09.2023, shanba kuni ertalab soat 09:00 da boshlanadi.