Anvar Ahmad

Anvar Ahmad
Arab tili

GRAND TA'LIM nodavlat ta’lim muassasasi katta ustozi Anvar Ahmad ta’lim dargohiga asos solingan ilk kunlardan beri faoliyat yuritadi. Arab tili grammatikasiga oid ko‘plab darslik va adabiyotlar to‘plovchisi va mualliflaridan. Arabic.uz saytining muharriri, "Riyozus solihiyn", "Al-Azkor", "Saodatga yetaklovchi hikmatlar" va boshqa ko‘plab asarlar tarjimoni va nashrga tayyorlovchisi. Anvar Ahmad 1977 yilda tavallud topgan, oilali 4 nafar farzandi bor. Misr Arab Respublikasining Azhari Sharif, al Azhar institutlar bo‘limi, e’dodiy o‘rta-maxsus bilim yurtini tamomlagan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning shogirdi. "Sahihi Buxoriy"dan shayx xazratlaridan ijoza olgan. “Oltin silsila” tarjimonlar guruhining a’zosi. Avval Misr Arab respublikasi elchixonasi qoshidagi fan va ta’lim markazida arab tili o‘qituvchisi, 2008 yildan esa GRAND TA’LIM yetakchi o‘qituvchilaridan.